Узбек O'zbek
Sneyder: «YeCHL g‘olibi bo‘lish uchun birgina Ronaldu kifoya qilmaydi»
Juma, 17 Avgust
3444

«Inter»ning sobiq yarimhimoyachisi Uesli Snayder fikricha, «Yuventus» Krishtianu Ronalduni qo‘lga kiritgach ham Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun yetarlicha imkoniyatga ega emas.

«Masalani faqat bir o‘yinchi hal qilmaydi. Albatta, oxirgi bir yil necha yil davomida «Yuventus» Chempionlar ligasida ulkan ishlarni amalga oshirdi, biroq barchasi birgina futbolchiga bog‘liq emas.

«Yuventus»dan ham kuchliroq jamoalar bor. Jamoa A Seriyada g‘alaba qozonmasa, bundan hayron qolgan bo‘lardim, ammo Chempionlar ligasi – kattaroq turnir.

Krishtianu Italiyada muammolarga duch keladi, deb o‘ylamayman. Unda barcha xislatlar mujassam, u – professional. Shunday ekan, tezda moslashib keta oladi, bunga ishonchim komil», - deya fikr bildirdi Sneyder.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz