Узбек O'zbek
Fekirning «Real»ga transferi ehtimoli juda kam
Seshanba, 14 Avgust
3144

«Lion» prezidenti Jan-Mishel Olasning ma’lum qilishicha, yarimhimoyachi Nabil Fekirning jamoadan ketish ehtimoli juda kam.

«Barcha o‘yinchilar katta klublarga qo‘shilishni istashadi. Biz Nabilga undan oldin jamoani tark etgan futbolchilar bilan bir xil munosatda bo‘lamiz.

Transfer oynasi yopilgunga qadar kutishimizga to‘g‘ri keladi, biroq 95 foizga ishonchim komilki, u jamoada qoladi va «Lion» safida o‘ynashda davom etadi. Muxlislarimiz uni yaxshi ko‘rishadi», - degan Olasning so‘zlarini keltirib o‘tdi Goal.com.

Eslatib o‘tamiz, shu yozda Fekir «Liverpul»ga o‘tishi mumkin edi. Tomonlar xarid shartlarini kelishib olishgan, biroq yakunda tranfer amalga oshmay qolgandi. Bunga o‘yinchining tibbiy ko‘rigidan keyin «qizillar»ning to‘lov shakliga o‘zgartirishni kiritishni talab qilgani sabab bo‘ldi. Ushbu futbolchiga Londonning «Chelsi» va Madridning «Real» jamoasi ham befarq emasligi aytilgan.

O‘tgan mavsumda Fekir Fransiya chempionatida 30ta o‘yinda maydonnga tushib, raqiblar darvozasini 18 marta ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, u Fransiya termasi safida JCH-2018ning ikkita o‘yinida zaxiradan maydonga tushirildi.

Avvalroq Olas 25 yoshli ushbu futbolchiga «Real» tomonidan qiziqish borligi haqida ma’lum qilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz