Узбек O'zbek
Alisher Usmonov yana futbolga investitsiya kiritmoqchi
Seshanba, 14 Avgust
10427

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov futbol uchun investitsiya qilishning yangi variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar bergan.

Avgust oyi boshida Usmonov «Arsenal»dagi aksiyalarini (30,3 foiz) klub aksiyalarining 67 foiziga egalik qiluvchi amerikalik milliarder Sten Kronkega sotishga rozi bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Usmonovning aytishicha, «Arsenal» aksiyalari sotuvidan keyin unga klublardan ko‘plab takliflar kelib tushgan. Uning o‘zi esa «Milan», «Roma» yoki «Bavariya» kabi klublardan biri bilan hamkorlik qilishni afzal ko‘rmoqda.

«Agar katta daromad qilish imkoniyatlari bor takliklar bo‘lsa, kelishuv tuzishim mumkin», degan Usmonov.

Shuningdek, u Angliyaning boshqa bir klubi - «Everton»ga investitsiya qilish ehtimolini inkor etmayapti. Ushbu klub aksiyalarining asosiy qismi rossiyalik milliarderning biznes hamkori, eronlik milliarder Farhod Moshiriga tegishli hisoblanadi.

«Biz Farhod Moshiri bilan do‘stmiz. Agar qo‘llab-quvvatlovim kerak bo‘lsa, men mamnuniyat bilan yordam beraman», degan u.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz