Узбек O'zbek
Gvardiola Argentina terma jamoasini boshqarishi mumkin edi
Chorshanba, 08 Avgust
3571

Argentina futbol assotsiatsiyasi rahbari Klaudio Tapiya «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani terma jamoaga jalb qilmoqchi bo‘lganini tan oldi.

«Biz u bilan qiziqqan edik, ammo bu transfer ilojsiz edi. Yangi bosh murabbiyni dekabr oyida tayinlaymiz, u yangi loyihamizni boshqaradi. Uni amalga oshirishga ko‘proq vaqt ketadi, biroq, u o‘zini oqlaydi. Agar Argentina futbolini qayta qurmoqchi bo‘lsak, hammasini noldan boshlashimiz shart» - dedi Tapiya.

Argentina terma jamoasi JCH-2018 turnirida inqirozga uchraganidan so‘ng, bosh murabbiy Xorxe Sampaoli iste’foga chiqarilgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz