Узбек O'zbek
O‘zbekiston olimpiyachilari xalqaro turnirda Falastinga yutqazdi
Yakshanba, 05 Avgust
3937

Sunnatillo Abdurasulov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi esa ayni kunlarda Vetnamdagi «Vinaphone-2018» xalqaro musobaqasida ishtirok etyapti.

Birinchi tur o‘yinida Ummon olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, durang qayd etgan futbolchilarimiz ikkinchi o‘yinda Falastin olimpiya terma jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Hamyurtlarimizning yagona goliga Nurillo To‘xtasinov mualliflik qildi.

Vetnamdagi xalqaro musobaqa O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchilarni sinovdan o‘tkazish, ularga xalqaro o‘yinlar tajribasini taqdim qilish va saralab olish vazifasini bajarib beradi. O‘zbekiston olimpiyachilari musobaqadagi so‘nggi o‘yinni 7 avgust kuni musobaqa mezboni Vetnamga qarshi o‘tkazishadi.

Vinaphone-2018 turniri, Vetnam
5 avgust
O‘zbekiston o.t.j. - Falastin o.t.j. 1:2

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz