Узбек O'zbek
Argentina futboli rahbari Messining terma jamoadagi kelajagi haqida fikr bildirdi
Chorshanba, 25 Iyul
7272

Argentina futbol federatsiyasi prezidenti Klaudio Tapia hujumchi Lionel Messining terma jamoadagi kelajagi mavhum ekanini aytdi.

«Hozircha Lionel ta’tilda va biz terma jamoaning jahon chempionatidagi ishtiroki, shuningdek, uning terma jamoadagi kelajagini muhokama qilmadik.  

Menimcha, Messi terma jamoa safidagi ishtirokini davom ettiradi. Uni o‘z holiga qo‘yib, yangi jamoani barpo qilishimiz lozim, keyin esa ko‘ramiz.

Muvaffaqiyatsiz natijalar Messini juda qayg‘uga solmoqda. Bu uning uchun og‘ir, ammo u Argentinaga kerak. Messi natija uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, biroq, u inson, superqahramon emas. Biz uning yelkasiga juda katta yukni ag‘dardik, natijada bu o‘zimizga qarshi ish berdi» - dedi Tapia.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi jahon chempionatida nimchorakfinalgacha yetib borib, Fransiyaga 3:4 hisobida yutqazgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz