Узбек O'zbek
Argentinada Sampaoli va futbolchilar o‘rtasidagi mojaro tafsilotlari oshkor qilindi
Shanba, 21 Iyul
10635

Argentinalik jurnalist va sharhlovchi Ariel Senosyan «Mundial hikoyalari» nomli kitobida sobiq bosh murabbiy Xorxe Sampaoli va futbolchilar o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro tafsilotlarini yozdi.

Xususan, jurnalist JCH-2018 guruh bosqichidan o‘rin olgan Xorvatiyaga (0:3) qarshi o‘yindan so‘ng, kiyinish xonasida yuz bergan voqeani oshkor qildi.

Futbolchilar murabbiy va uning yordamchilarini o‘rab olib, unga e’tiroz bildira boshlashgan. Ularning nomidan Xaver Maskerano va Lionel Messi gapirgan.

– Bizdan nimani istaysan, tushunmayapmiz. Endi senga ishonmaymiz va o‘z fikrimizga ega bo‘lishni istaymiz, — dedi futbolchilar.

– Nima haqidagi fikr? — javob berdi Sampaoli.

– Hamma narsa haqidagi.

– Demak, endi tarkibni o‘zlaringiz tanlaysizlar, mashg‘ulot rejasini tuzasizlar va boshqa ishlarni qilasizlar, shundaymi?

– Sen mendan asosiy tarkibda kimni tushirish haqida o‘n martalab so‘ragansan, ammo biror ismni aytmaganman. Hammaning oldida javob ber, senga biror ismni aytdimmi? — dedi Lionel Messi.

Shundan so‘ng, kiyinish xonasida bo‘lgan Argentina futbol uyushmasi prezidenti Klaudio Tapia Sampaoliga: «Tan olishing va taslim bo‘lishing kerak» - degan.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi jahon chempionati 1/8 finaligacha yetib borib, Fransiyaga 3:4 hisobida yutqazgan, musobaqadan so‘ng, Xorxe Sampaoli lavozimini tark etgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz