Узбек O'zbek
«MYU» Xorvatiya termasining ikki o‘yinchisi uchun 92 million funt sarflamoqchi
Seshanba, 17 Iyul
9221

«Manchester Yunayted» Xorvatiya terma jamoasining birdaniga ikki a’zosini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Daily Mail xabariga ko‘ra, klub Ivan Perishich («Inter») va Ante Rebich («Ayntraxt») transferlari uchun jami 92 million funt sterling yo‘naltirishga tayyor.

Qayd etilishicha, ikkala futbolchining JCHdagi o‘yinlari mundialda tahlilchi sifatida qatnashgan bosh murabbiy Joze Mourinoga ma’qul kelgan.

Eslatib o‘tamiz, xorvatlar chempionat finalida fransuzlarga 2:4 hisobi bilan mag‘lub bo‘lishdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz