Узбек O'zbek
Argentina bosh murabbiysiz qoldi
Yakshanba, 15 Iyul
4600

Argentina futbol assotsiatsiyasi rahbariyati milliy terma jamoa bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilishga kelishgan. Ole nashri xabariga ko‘ra, murabbiyga avval aytilganidek 8 million yevro emas, balki 2 million yevro miqdorida tovon puli belgilanadi.

Bundan avvalroq Sampaoli terma jamoaning JCH-2018 turnirida muvaffaqiyatsiz ishtirok etganiga qaramasdan ishdan bo‘shatilmasligi ma’lum qilingandi.

Ayni vaqtda terma jamoa boshqaruviga potensial nomzodlar sifatida Maurisio Pochettino («Tottenhem»), Diyego Simeone («Atletiko»), Matias Almeyd («Gvadalaxara»), Marselo Gallardo («River Pleyt») va Rikardo Gareka (Peru terma jamoasi) kabi mutaxassislar nomi tilga olinmoqda.

Argentina terma jamoasi guruh bosqichida Islandiya bilan durang o‘ynadi (1:1), Xorvatiyaga yutqazdi (0:3) va Nigeriyani mag‘lub etdi (2:1) hamda guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi. Nimchorak finalda esa Fransiya Lionel Messi boshchiligidagi jamoani uyiga jo‘natdi (4:3).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz