Узбек O'zbek
Video: Dzyuba Xorvatiyaga qarshi o‘yindan keyingi intervyu vaqtida yig‘lab yubordi
Yakshanba, 08 Iyul
10971

Rossiya terma jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba JCH-2018 chorak finalida Xorvatiyaga qarshi kechgan va penaltilar seriyasidagi omadsizlik tufayli mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yindan keyin intervyu berdi. U o‘z so‘zida barcha jamoadoshlari bilan faxrlanishini bildirib, terma jamoani qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.

Futbolchi qisqa intervyuni yakunlay olmadi va yig‘lab yubordi.

Artyom Dzyuba Xorvatiyaga qarshi o‘yinning asosiy vaqtida almashtirilgandi va penaltilar seriyasida ishtirok etmadi. U turnirda o‘ziga xos natija ko‘rsatdi - 5 o‘yinda 41 marta to‘p uchun yakkakurashda g‘olib chiqib, rekord o‘rnatdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz