Узбек O'zbek
Argentinalik amaldor arab ustidan kulgani uchun jazolanadi
Shanba, 30 Iyun
4833

Argentinalik ishqiboz arab muxlisiga nisbatan hurmatsizlik qilgani uchun jazolanadi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda videoyozuv paydo bo‘ldi. Unda Argentinaning San-Luis provinsiyasidan bo‘lgan amaldor Pablo Olgin arab bo‘lgan ishqibozdan ispan tilidagi gapni o‘zidan keyin qaytarish haqida so‘raydi. Gapda esa, Argentinaning Naschel shahri futbol klubini portlatib yuborishga chaqiriq bo‘lgan.

Argentina xavfsizlik vaziri Patrisiya Bullrich so‘zlariga ko‘ra, Olgin JCH-2018 o‘yinlariga tashrif buyurish huquqidan mahrum etilishi mumkin.

«Olgin San-Luis, Papagayosda yuridik masalalar bo‘yicha kotib lavozimini egallaydi. Rossiyada u «Naschel» klubiga bomba qo‘yishga chaqirib, bunda umuman aybsiz kishidan foydalandi. Biz undan Fan ID’ni olib qo‘yishni talab qildik, sababi u nafaqat mas’uliyatsizlik qildi, balki davlat xizmatchisi ekanini ham yoddan chiqarib qo‘ydi», - deya yozgan Bullrich tvitterdagi rasmiy sahifasida.

Ta’kidlanishicha, voqea tafsilotlari matbuotda keng tarqalib ketgach, amaldor o‘z xatti-harakati uchun uzr so‘ragan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz