Узбек O'zbek
Fransiya – Argentina va Urugvay – Portugaliya uchrashuvlari uchun hakamlar tayinlandi
Juma, 29 Iyun
12068

FIFA jahon chempionati 1/8 finalidagi 2ta uchrashuvga hakamlarni tayinladi. 

Urugvay hamda Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni Sesar Ramos boshchiligidagi meksikalik hakamlar brigadasi boshqaradi. Unga qanotlarda Marvin Torrentera hamda Migel Anxel Ernandes yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasini Jeyr Marrufo bajarsa, zaxiradagi hakam sifatida Kori Rokuell tayinlangan. Ikki hakam ham AQSHdan. 

Fransiya hamda Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni eronlik hakamlar brigadasi boshqaradi. Bosh hakam Alirizo Fagani sifatida ishlasa, unga qanotlarda Rizo Ebraim Soxandan hamda Muhammadrizo Mansuri yordam beradi. To‘rtinchi hakam sifaitda chililik Xulio Baskunyan ishlaydi. 

Fransiya – Argentina (30 iyul, Toshkent vaqti bilan 19:00)
Urugvay – Portugaliya (30 iyul, Toshkent vaqti bilan 23:00)
 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz