Узбек O'zbek
FIFA jahon chempionatiga tashrif buyurgani uchun Maradonaga pul to‘lamoqda
Juma, 29 Iyun
6885

FIFA Argentina futboli afsonasi Diyego Maradonaga jahon chempionatiga tashrif buyurgan har bir o‘yini uchun 10 ming yevro to‘lamoqda, deb xabar beradi Daily Mail.

Bu FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan afsonalar dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. U jahon chempionatining har bir o‘yinida, terma jamoalar sobiq futbolchilaridan birining elchi sifatida ishtirok etishini ko‘zda tutadi.

JCH-2018 musobaqasida Maradona Argentina terma jamoasining barcha o‘yinlariga tashrif buyurdi. 1/8 finalda Xorxe Sampaoli shogirdlari Fransiya bilan bellashadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz