Узбек O'zbek
JCH-2018. Argentina so‘nggi daqiqalarda gol urib, pley-offga chiqdi
Chorshanba, 27 Iyun
6991

Jahon chempionati D guruhining so‘nggi turida Argentina terma jamoasi Nigeriya bilan pley-off yo‘llanmasi uchun kurashdi. 
"Krestovskiy" stadionida kechgan o‘yin Argentinaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

14-daqiqada Messi hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning 6-daqiqada Mozes penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 4-daqiqada qolganida Roxo gol urib, Argentinani pley-off bosqichiga olib chiqdi. 

D guruhi. 3-tur

Nigeriya – Argentina 1:2 (0:1).

Gollar:  0:1 Messi (14), 1:1 Mozes (51, pen.), 1:2 Roxo (86).
Nigeriya: Uzoxo, Balogun, Omeruo (Ivobi, 90), Idovu, Trost-Ekong, Mozes, Ndidi, Etebo, Obi Mikel, Musa, Ixeanacho (Igalo, 46).
Argentina: Armani, Roxo, Otamendi, Talyafiko (Aguero, 80), Maskerano, Peres (Pavon, 61), Banega, Di Mariya (Mesa, 72), Merkado, Messi, Iguain.
Ogohlantirishlar: Balogun (32), Maskerano (49), Banega (64), Obi Mikel (90).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz