Узбек O'zbek
JCH-2018. 1/8 finalining yana ikki juftligi ma’lum bo‘ldi
Chorshanba, 27 Iyun
11014

Jahon chempionati C va D guruhlarining so‘nggi tur natijalariga ko‘ra, 1/8 finalining yana ikki juftligi nomi ma’lum bo‘ldi. 

Fransiya terma jamoasi C guruhi g‘olibi sifatida D guruhida 2-o‘rinni egallagan Argentinaga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv 30 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da "Kazan Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi. 

D guruhi g‘olibi Xorvatiya terma jamoasi esa 1/8 finalida C guruhida 2-o‘rinni egallagan Daniya bilan kuch sinashadi. Uchrashuv "Nijniy Novgorod" stadionida, 1 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da o‘tkaziladi. 

Kecha 1/8 finalining ilk juftliklari nomi ma’lum bo‘lgan edi. 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz