Узбек O'zbek
Argentina jahon chempionatlari tarixidagi yoshi eng katta tarkibni tushirdi
Chorshanba, 27 Iyun
4110

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli JCH-2018 guruh bosqichining so‘nggi turidan o‘rin olgan Nigeriyaga qarshi o‘yin uchun tarkibni aniqlab olddi.

Dastlabki daqiqalardan maydonda harakatlanadigan 11 nafar futbolchining o‘rtacha yoshi 30 yilu 189 kunga teng. Bu esa Argentina terma jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi yoshi eng katta tarkibidir.

Argentina tarkibi quyidagicha: Franko Armani, Gabriel Merkado, Markos Roxo, Nikolas Otamendi, Nikolas Talyafiko, Xaver Maskerano, Anxel Di Mariya, Ever Banega, Enso Peres, Gonsalo Iguain, Lionel Messi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz