Узбек O'zbek
JCH-2018. Putin Isroil bosh vaziri hamda Falastin rahbarini final o‘yiniga taklif qildi
Seshanba, 26 Iyun
2698

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni amaliy uchrashuv hamda 15 iyul kuni Moskvadagi "Lujniki" stadionida bo‘ladigan jahon chempionati final o‘yiniga taklif qildi. Bu haqda Maariv nashri xabar berdi.

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, Netanyaxu  Putin taklifini o‘ylab ko‘rmoqda va hozircha qat’iy qarorini ma’lum qilmagan. 

RBK nashri Isroilning Moskvadagi elchisixonasidan olgan ma’lumotiga ko‘ra, Netanyaxudan tashqari, Falastin rahbari Mahmud Abbos ham Putindan taklif olgan. Falastinning Rossiyadagi elchisi Aldulhofiz Nofalning "RIA Novosti"ga ma’lum qilishicha, Falastin yetakchisi Putinning taklifini qabul qilgan. 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz