Узбек O'zbek
Xorvatiyalik muxlisni kaltaklagan argentinalik fanatlar Rossiyadan chiqarib yuborildi
Dushanba, 25 Iyun
2885

Argentinaning Rossiyadagi elchisi Rikardo Lagorio mamlakat terma jamoasining JCH-2018 guruh bosqichidagi o‘yini vaqtida xorvatiyalik muxlislarni do‘pposlagan 4 nafar argentinalik ishqibozning o‘z yurtiga qaytarib yuborilganini tasdiqladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«4 nafar argentinalikning taxminan Xorvatiyadan bo‘lgan bir kishini urayotgani aks etgan video bor. To‘rtovlondan muxlislik kartochkasi olib qo‘yildi va hozirda ular Rossiya Federatsiyasi hududini tark etgan», - degan Lagorio.

Videoda aks etgan voqeadan 2 kun o‘tgach, 23 iyun kuni Argentina tomoni Rossiyadan ushbu 4 fanatni deportatsiya qilishni so‘ragani ma’lum bo‘lgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz