Узбек O'zbek
Argentinalik murabbiy: Messini terma jamoadan  chetlatish kerak
Dushanba, 25 Iyun
15121

Argentina birinchi divizionida faoliyat olib boruvchi murabbiy Karuso Lombardi terma jamoa sardori Lionel Messi haqida keskin fikr bildirdi, deya xabar tarqatdi Marca nashri.

«Messi terma jamoada yetti murabbiyning «boshiga yetdi». Menga u xuddi Sampaoliga bosim o‘tkazish uchun ataylab yomon o‘yin ko‘rsatayotgandek tuyulmoqda. Messini terma jamoadan chiqarib yuborish kerak. Uning uchun terma jamoa taqdiri bir tiyin, faqat bosh murabbiy bilan kurashda g‘alaba qozonsa bas. Lionel har doim eng yaxshi o‘yinchilar bilan emas, o‘ziga eng ko‘p yoqadigan o‘yinchilar orasida to‘p surishni istagan», - deya Lombarning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda ispan nashri.

Izoh o‘rnida aytish joiz, Messi Argentina termasiga kelgan 2005 yildan buyon jamoada 7 nafar bosh murabbiy almashgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz