Узбек O'zbek
Zlatko Dalich: «Messiga hech qanday imkon qoldirmadik»
Shanba, 23 Iyun
5235

Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich Argentina ustidan qozonilgan g‘alaba haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Barchasi a’lo darajada bo‘ldi. Argentinaliklar bilan o‘yinni biroz tahlil qilib chiqishga ulgurdim. Biz o‘z o‘yin uslubimizni o‘zgartirgan bo‘lishimiz mumkin, biroq bu - zamonaviy futbol. Unda jamoa moslashuvchan bo‘lishi, maydonni ko‘ra bilishi va ishtiyoq bilan harakatlanishi kerak.

Argentina bilan o‘yin - kelajak uchun ajoyib zaxira. Biz o‘yinning barcha jihatlari bo‘yicha ajoyib natijalarga erishdik. Buning uchun o‘zimizdan faxrlanishimiz mumkin, biroq eyforiyaga berilib ketmasligimiz kerak.

Biz Messiga qaror qabul qilish uchun maydonda na bo‘shliq, na vaqt qoldirdik. Bunday darajadagi o‘yinchi to‘pni egallab olishi hamonoq xavf sola boshlaydi. Jamoamiz unga uzatilgan to‘plar yo‘lini kesishga harakat qildi. Brozovich va Strinich Messini to‘psiz qoldirishdi. Ularga Modrich ham yordamga keldi", - deydi murabbiy.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz