Узбек O'zbek
Jahon chempionatining asosiy mojarosi: Argentinaliklar xorvatiyalik muxlisni do‘pposlashdi
Shanba, 23 Iyun
9291

Rossiyaning «Sport-Ekspress» nashri mundialda yuz bergan asosiy mojaro tafsilotlariga to‘xtalib o‘tdi.

NIMA YUZ BERDI

Argentina - Xorvatiya o‘yini paytida bir necha argentinalik xorvatiyalik muxlisni do‘pposlashgan. Janjalga boshqa muxlislar va styuardlar barham bergan.

XORVATLAR NIMA DEMOQDA

Xorvatiyaning Glas Slavonije nashri jurnalisti Kreshimir Lachkovich voqea yuzasidan o‘z fikrlarini aytdi.

«Menimcha, mag‘lubiyat argentinaliklarni darg‘azab qilgan, bundan tashqari, ular mast holda bo‘lishi ham mumkin. Albatta, 40 ming muxlis ichidan bir necha noraso topilib qoladi. Janjalga nima sabab bo‘lganini bilmayman, ammo, rossiyalik styuardlar bunga zudlik bilan barham berishdi» - dedi Lachkovich. 

ROSSIYADA NIMA DEYISHMOQDA

«Nijniy Novgorod shahri huquq-tartibot idoralaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, Argentina - Xorvatiya o‘yinidan so‘ng, Argentinaning 7 nafar fuqarosiga ma’muriy qoidabuzarlik yuzasidan bayonot rasmiylashtirildi. Endi sud qarori bilan ularning muxlislik pasporti bekor qilinishi va mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin», – deyiladi «Rossiya-2018» tashkiliy qo‘mita matbuot xizmati xabarida.

ARGENTINA MUXLISLARNI DEPORTASIYA QILISHNI SO‘RAMOQDA

Argentina xavfsizlik vaziri Patrisiya Bullrich tvitter sahifasida Rossiyadan xorvatiyalikni urgan muxlislarni deportatsiya qilishni so‘radi. 

«Elia, Pardo, Eslexer va Katalan – xorvatiyalik muxlisni do‘pposlagan shaxslardir. Video orqali ularning kimligi aniqlab olindi. Rossiya hukumatidan ularni ushlab, deportatsiya qilishni so‘raymiz» - deb yozdi Bullrich.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz