Узбек O'zbek
Argentina imkoniyatlari: terma jamoa endi qanday holatda guruhdan chiqadi?
Juma, 22 Iyun
17046

Argentina ilk ikki o‘yinda faqatgina bir ochko jamg‘ardi. Terma jamoa Islandiya bilan 1:1 hisobini qayd etgan bo‘lsa, Xorvatiyaga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. D guruhida uchta uchrashuvni o‘tkazish qoldi, xolos.

22 iyun kuni Nigeriya – Islandiya o‘zaro kuch sinashadi, hamda, bu o‘yin qanday natija bilan yakunlanmasin, Argentina 1/8 finalga chiqish imkoniyatini yo‘qotmaydi. Agar bu bahsda Islandiya zafar quchsa, unda 4 ochko bo‘ladi, hamda so‘nggi turda Messini uyga jo‘natib yuborish uchun Xorvatiya bilan durang natija ham kifoya qiladi. Birinchi o‘ringa kurashish imkoniyati ham bor.

Argentinaliklar esa so‘nggi turda Nigeriyani yirik hisobda mag‘lub etishi va xorvatlar g‘alaba qozonishidan umid qilishi lozim. 

Agar Nigeriya yutadigan bo‘lsa, afrikaliklarda 3 ochko bo‘ladi, Argentina va Islandiyada bittadan. So‘nggi turda Argentina guruhdan chiqishiga Nigeriya ustidan g‘alaba qozonishning o‘zi yetarli bo‘ladi, biroq parallel o‘yinda islandiyaliklar Xorvatiyani taslim etishi kerak emas. Aks holda Messi va Ko urilgan hamda o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqini tenglashtirish uchun Nigeriyaga juda ko‘p gol kiritishi shart bo‘ladi.

Agarda Islandiya va Nigeriya durang o‘ynasa, Argentina so‘nggi turda afrikaliklarni mag‘lub etishi va Xorvatiya islandiyaliklar bilan hech bo‘lmasa durang qayd etishi kerak bo‘ladi. 

Messi hozirgi paytda «Barselona» bo‘yicha oshnasi Rakitichga juda bog‘lanib qolganini ko‘rish mumkin. Biroq, argentinaliklar bunday o‘yin bilan Nigeriyani taslim etishi hozircha dargumon narsa.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz