Узбек O'zbek
«Roma» himoyachisini «Real»ga sotmoqchi
Chorshanba, 09 May
5742

Rimning «Roma» klubi yozgi transferlar vaqtida himoyachi Kostas Manolasni sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, italyan klubi vakillari «Real» bilan 26 yoshli yunon futbolchisining transferi bo‘yicha aloqaga chiqqan.

«Jalorossi» bosh direktori Mauro Baldissoni o‘tgan haftada chiqish qilib, jamoa UEFANing moliyaviy fair play talablarini bajarishi uchun bir qator futbolchilarni sotishga to‘g‘ri kelishini aytgandi. Nashrning taxminiga ko‘ra, shu orqali «Roma» o‘zining yulduz darvozaboni Alissonni jamoada saqlab qolishni ko‘zlamoqda.

Manolas «Roma» safida 2014 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. 2017/18 yilgi mavsum oldidan u Piterning «Zenit» lubiga o‘tishga yaqin kelgan, biroq keyinroq jamoada qolib, shartnomasini 2022 yilga qadar uzaytirgandi.

Joriy mavsumda Manolas barcha musobaqalarda jami 39 uchrashuv o‘tkazib, 4 gol muallifi bo‘lgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz