Узбек O'zbek
«Rostov» yana Shomurodovsiz durang o‘ynadi
Shanba, 17 Mart
1515

Rossiya premer-ligasining 23-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda Tulaning «Arsenal» jamoasi «Rostov»ni qabul qildi.

Uchrashuvda mehmonlar ikki marta hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa, ikki marta ham mezbonlar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Rostovliklar tarkibida Ionov dubl qayd etgan bo‘lsa, mezbonlar hujumchisi Artyom Dzyuba bu ishni takrorladi.

O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan Eldor Shomurodov bu safar ham zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi. Karpin uni maydonga tushirmadi.

Rossiya premer-ligasi
23-tur

Arsenal Tula – Rostov 2:2 (1:2)
Gollar:
Dzyuba (14, 59) – Ionov (8, 31).
Arsenal Tula: Levashov, Sunzu, Belyayev, Alvares, Kombarov, Gorbatenko, Chaushich, Aleksandrov (Rasich, 81), Tkachev (Xagush, 86), Kangva, Dzyuba.
Rostov: Pesyakov, Sigurdsson, Ingason, Vilyush, Skopinsev (Makeyev, 87), Ionov (Zuyev, 69), Sapeta, Chuperka (Guliyev, 46), Kalachev, Parshivlyuk, Sigurdarson.
Ogohlantirishlar: Aleksandrov (16), Sapeta (31), Gorbatenko (56), Zuyev (72), Alvares (87).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz