Узбек O'zbek
Argentinada Superkubok sohibi ma’lum bo‘ldi
Payshanba, 15 Mart
1863

«River Pleyt» klubi Argentina Superkubogi uchun bahsda «Boka Xuniors» bilan bellashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu «River» uchun Superkubok tarixidagi ilk g‘alaba bo‘ldi. Avvalroq, jamoa ikki marta hal qiluvchi bahsni boy bergan edi.

«Boka» esa uchinchi marta Superkubokni qo‘lga kiritolmadi. Jamoa biror marta nufuzli sovrin sohibi bo‘lolmagan.

Eslatib o‘tamiz, «River Pleyt» o‘tgan mavsumda Argentina kubogini qo‘lga kiritgan, «Boka Xuniors» mamlakat chempioni bo‘lgan.

Argentina Superkubogi
15 mart
«Boka Xuniors» - «River Pleyt» - 0:2
Gollar: Martines (18 pen), Skokko (70)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz