Узбек O'zbek
«Rostov» Shomurodovsiz «Zenit» bilan durang o‘ynadi
Yakshanba, 11 Mart
1933

Rossiya premer-ligasining 22-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan birida «Rostov» «Zenit»ni qabul qildi.

Uchrashuv davomida ikkala jamoa ham xarchand urinishmasin raqib darvozasiga yo‘l topa olishmadi va o‘yin 0:0 hisobidagi durang natija bilan o‘z nihoyasiga yetdi. Natijada «Zenit» 2018 yilda ketma-ket ikkinchi, umuman mavsumda davomida ketma-ket uchinchi uchrashuvda ham 0:0 hisobida durang o‘ynadi. 

Mezbonlar tarkibida O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan Eldor Shomurodov o‘yin qaydnomasiga kiritilgan bo‘lsada, maydonga tushirilmadi.

Rossiya premer-ligasi, 22-tur
Rostov – Zenit 0:0

Rostov: Pesyakov, Sigurdsson, Ingason, Vilyush, Skopinsev (Makeyev, 73), Ionov (Zuyev, 86), Kalachev, Gatskan, Sapeta (Guliyev, 65), Parshivlyuk, Sigurdarson.
Zenit: Lodigin, Ivanovich, Mevlya, Smolnikov, Mammana (Zabolotniy, 11), Kuzyayev (Rigoni, 70), Kranevitter, Jirkov, Ozdoyev, Poloz (Kokorin, 59), Driussi.
Ogohlantirishlar: Driussi (8), Sapeta (36), Ivanovich (43), Jirkov (44), Gatskan (67), Ozdoyev (88).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz