Узбек O'zbek
«Manchester Siti» «Shaxtyor»ning yana bir futbolchisini oladi
Juma, 09 Fevral
2574

«Shaxtyor»ning sobiq bosh murabbiyi Mircha Luchesku jamoaning braziliyalik yarim himoyachisi Fredning «Manchester Siti»ga o‘tayotgani haqida ma’lumot berdi.

«Hozirda «Shaxtyor»ning eng yaxshi futbolchisi – markaziy yarim himoyachi Fred bo‘lib turibdi. U chapda biroz tartibsiz o‘ynardi, shuning uchun men uni markazga qo‘yardim.

U Fernandino kabi «Manchester Siti»ga yo‘l oladi», – degan Luchesku.

«Manchester Siti» Fredni sotib olish uchun harakatlarni 2018 yil yanvarida boshladi, ammo transferlar darichasining oxirgi kunida jamoa «Lester» futbolchisi Riyoz Mahrezga e’tibor qaratdi. Mahrezni esa jamoasi qo‘yib yubormadi.

Transfermarkt.de ma’lumotiga ko‘ra Fredning transfer qiymati – 19 mln yevroni tashkil qiladi. Ushbu futbolchi Manchesterga – 35 mln yevro evaziga o‘tishi kutilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz