Узбек O'zbek
«Zenit» va «Krasnodar» futbolchi almashishi mumkin
Juma, 05 Yanvar
2107

«Sport-Ekspress» nashri «Krasnodar» hujumchisi Fyodor Smolovni «Zenit»ga o‘tishi haqidagi tafsilotlarni chop etdi.

Unga ko‘ra, «Zenit» Smolov uchun 10 mln yevro va yarimhimoyachi Yuriy Jirkovni beradi. Agar hujumchi «Zenit» tarkibida muvaffaqiyatli o‘ynab ketsa, «Krasnodar» bonuslarni oladi.

«Krasnodar» Jirkovga ikki yillik shartnoma taklif qilmoqchi. Bu «Zenit» va Jirkovning o‘zini ham qoniqtirmoqda.

Bundan tashqari, «Zenit» Smolov uchun hujumchi Artyom Dzyubani qo‘shib berish varianti ham mavjud. Ma’lumki, Roberto Manchini kelganidan so‘ng, Dzyuba asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi va JCH-2018 musobaqasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun klubni almashtirmoqchi ekanini aytgan edi.

Avvalroq, Marca nashri Smolov bilan «Real» qiziqayotgani, bundan tashqari, futbolchining «Vest Hem»ga o‘tish imkoniyati borligini yozgan edi.

Smolov Rossiya chempionatining o‘tgan mavsumida 18ta gol bilan eng yaxshi to‘purar bo‘lgan edi. Joriy mavsumda, uning hisobida 10ta to‘p bor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz