Узбек O'zbek
«Dars? Ko‘chaga chiqib to‘p tepsang bo‘lmaydimi?»: Katta maosh oluvchi yosh futbolchilar haqida
Seshanba, 19 Dekabr
5766

Qo‘yidagi futbolchilar hali 19 yoshga to‘lmadi. Ammo shunday katta shartnomalarga ega bo‘lib ulgurdilarki, tanilib ulgurgan ba’zi futbol yulduzlari ulardan kamroq maosh olishadi. 

Kristian PULISHICH (Borussiya, Dortmund) – ҳафтасиga 26 ming funt

Kamroq oladi: Joshua Kimmih (Bavariya) – 25 ming funt

«PA Klassiks» jamoasidan sotib olingan amerikalik futbolchi allaqachon 75 o‘yinda asosiy tarkibda tushib ulgurdi. Kristianning muvaffaqiyatlarini payqamaslik oson emas, u dortmundliklar safida nafaqat asosiy futbolchilardan biri bo‘lib oldi, balki AQSHda ham 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi.
 

Kay XAVERS (BAYER) – haftasiga 27 ming funt

Kamroq oladi: Suso (Milan) – 22 ming funt

Xavers ham xuddi Pulishich singari, 35 o‘yin bilan o‘z jamoasining asosiy tarkib futbolchisi bo‘lib ulgurgan. Xavers hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida to‘p suradi. Kay Germaniyaning barcha yoshdagi terma jamoalarida o‘ynab chiqdi va kelasi yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga borish uchun nomzodlardan biridir. Tabiiyki, u Yevropadagi bir qator skautlar nazariga tushib ulgurgan va juda yaqin yillarda u yanada kattaroq shartnomaga ega bo‘lishini kutsa bo‘ladi.
 

Yann KARAMO (Inter) – haftasiga 32 ming funt

Kamroq oladi: Dris Martens (Napoli) – 28 ming funt

Karamo – «Kan» klubi tarbiyalanuvchisi. U Afrikada tug‘ilgan bo‘lsa-da, Fransiya yoshlar terma jamoalari a’zosi sanaladi. Markaziy hujumda ham, o‘ng qanotda ham samarali harakat qila oladi. Futbolchi bilan bir qator ingliz klublari qiziqishdi, ammo «Inter» Karamo uchun raqobatda yutib chiqdi va keyinchalik sotib olish sharti bilan ikki yilga ijaraga oldi. Hozircha, ya’ni yuqorida sanab o‘tilgan tengqurlari kabi, asosiy tarkib o‘yinchisi emas, ammo kim biladi, balki Spalletining bahordagi qurollaridan biri aynan Karamo bo‘lib chiqar...


Panayotis RESOS (Bayer) – haftasiga 34 ming funt

Kamroq oladi: Daniele RUGANI (Yuventus) – 21 ming funt

Ko‘rib turganingizdek, «Bayer» yosh futbolchilarga katta maoshlar belgilashga qo‘rqmaydi. Markaziy himoyachi JARda tug‘ilgan, ammo Gretsiyaning «Olimpiakos» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda o‘zini juda yaxshi tomonlama ko‘rsatdi va bu «Bayer»ga futbolchi uchun 17.5 million yevro to‘lashi uchun yetarli bo‘ldi. O‘z terma jamoasida asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi.
 


Duglas LUIZ (Manchester Siti) – haftasiga 40 ming funt

Kamroq oladi: Lorenso Insine (Napoli) – 35 ming funt

Tanimadingizmi? Britaniya matbuotiga ishonsak, kelajagi porloq futbolchi. U «Siti»ga yozda o‘tgandi va hozirda ijara shartnomasi asosida «Jirona» tarkibida o‘ynamoqda. Ushbu markaziy yarim himoyachi hozircha «Jirona» tarkibida 5 o‘yinda maydonga tushdi xolos. Kuzatishda davom etamiz.


Dayot UPAMEKANO (RB Leypsig) – haftasiga 41 ming funt

Kamroq oladi: Kazemiro (Real) – 40 ming funt

Avstriyaning «RB Zalsburg» klubi juda ko‘p iqtidorli futbolchilarni yetishtirgan, ular ichida fransiyalik markaziy himoyachi Upamekano ham bor. Yirik gavdasiga qaramasdan, u juda tezkor va chaqqon futbolchi. Hozirdan himoyachi uchun «Manchester Yunayted» va «Chelsi» yaxshigina summalarni taklif qilmoqda, ammo «Leypsig» shoshilmayapti.


Martin EDEGOR (Real) – haftasiga 84 ming funt

Kamroq oladi: Dele Alli – 57 ming funt, Gabriyel Jezus – 75 ming funt

Martin Edegorni hamma tanisa kerak, bir paytlar Yevropaning barcha top klublari nazariga tushgan va ularning har biri bilan tanishib, «Real»ni tanlagandi. 15 yoshli bolakay uchun yiliga 5 million funt maosh taklif qilgan madridliklarning hafsalasi pir bo‘lgani tabiiy. Edegor hatto «Kastilya»da ham yaqqol ajralib turmadi, endi esa, «Herenven» tarkibida ijarada to‘p suryapti. Ammo bola hali yosh, hammasi oldinda.

Janluiji DONNARUMMA (Milan) – haftasiga 180 ming funt.

Kamroq oladi: Yan OBLAK (Atletiko) – 58 ming funt

Donarumma bunday shartnomaga qanday erishgani haqida butun yoz bo‘yi gapirildi. Mino Riyola mijozi uchun hatto yulduz darvozabonlar uchun ham orzu bo‘lgan maoshni tashkil qilib berdi. Ammo «Milan» fanatlari Donnarummaning injiqliklarini haligacha kechirmayaptilar, bu holat darvozabonni ham izdan chiqarmoqda va imkon qadar tezroq boshqa klub safiga o‘tishni istamoqda.

Ruyxatda Kilian Mbappening yo‘qligi ko‘pchilikni hayron qoldirgan bo‘lishi tabiiy. Futbolchi «Monako»da haftasiga 17 ming funt maosh olar edi. U hozir Parijda, ammo «Monako» bilan shartnoma asosida to‘p surmoqda. Yangi kelishuvga asosan «PSJ» unga qo‘shimcha qancha pul to‘layotgani ma’lum emas. Albatta, Mbappe parijliklar bilan yangi shartnoma tuzishi hamono, ushbu reytingning eng boshidan joy olsa kerak.

 

Sports.ru materiali asosida

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz