«Rostov» bosh murabbiyi Leonid Kuchuk o‘z lavozimini tark etdi. Bu xabarni klub rasmiy sayti ham tasdiqladi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Kuchuk Rossiya chempionatining navbatdagi turida «Dinamo»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:2) iste’foga chiqishga qaror qilgan. Kuchuk bilan birga «Rostov»ni uning murabbiylar shtabi ham tark etgan.
Eslatib o‘tamiz, rostovliklar tarkibida O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan Eldor Shomurodov ham to‘p suradi.