Узбек O'zbek
Grandlar uchun omadsiz hafta. «Valensiya» ham to‘xtatildi
Dushanba, 04 Dekabr
5231

Ispaniya chempionatining 14-turida «Barselona» va «Real» ortidan «Valensiya» ham ochko yo‘qotdi.

«Xetafe» maydoniga safar qilgan «Valensiya» 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

O‘yindagi yagona gol 66-daqiqada mezbonlar yarim himoyachisi Markel Bergara tomonidan urildi. Qayd etish keraki, «Xetafe» o‘yinning 25-daqiqasida bir kishi kam bo‘lib qolgandi, himoyachi Mauro Arambarri 25-daqiqada maydondan chetlatilgandi. O‘yin hakami jami 11 kishiga sariq kartochka ko‘rsatdi. 

Shu tariqa, «Valensiya» Primeraning joriy mavsumida ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Bu mag‘lubiyatdan keyin «Valensiya» turnir jadvalida 31 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qolgan, «Xetafe» 19 ochkosi bilan — sakkizinchi pog‘onada.

Tur doirasidagi yana bir o‘yinda «Leganes» «Vilyarreal»ni mag‘lub etdi. Leganesdagi «Munisipal de Butarke» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda Daniel Raba hisobni ochdi. 72-daqiqada Diyego Riko javob golini urdi. O‘n daqiqa o‘tib Nabil El-Jar mehmonlar darvozasiga ikkinchi golni yo‘lladi, o‘yin oxirida Gabriel yakuniy hisobni o‘rnatdi.

«Leganes» turnirda 4 uchrashuvdan iborat g‘alabasiz seriyasini to‘xtatdi va 20 ochko bilan yettinchi pog‘onaga joylashdi, «Vilyarreal» 21 ochkosi bilan — oltinchi o‘rinda.

Ispaniya chempionati
14-tur

Xetafe – Valensiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 66 Bergara.
Xetafe – Guaita, Dakonam, Molinero, Suares, Bruno Gonsales, Portilo, Bergara, Arambarri, Dediu (Fajr, 72), Molina (Lasen, 90), Anxel (Olivera, 79).
Valensiya – Neto, Gabriel, Gayya, Montoyya, Ruben Vezu, Soler, Parexo, Kondogbia (Nacho Xil, 46), Pereyra (Santi Mina, 63), Dzadza, Rodrigo.
Ogohlantirishlar: Molinero (13), Arambarri (21), Kondogbia (23), Dakonam (52), Parexo (69), Dediu (71), Anxel (73), Montoyya (83), Molina (88), Suares (90), Santi Mina (90).
Chetlatish: Arambarri (25).

Leganes – Vilyarreal 3:1 (0:0, 3:1)
Gollar: 0:1 – 60 Raba, 1:1 – 72 Riko, 2:1 – 81 El-Jar, 3:1 – 90 Pires.
Leganes – Kuelyar, Tito, Bustinsa, Raul Garsiya, Riko, El-Jar, Peres, Pires, Shimanovski (Amrabat, 68), Eraso (Moran, 84), Bovyu (Naranxo, 78).
Vilyarreal – Barbosa, Mario Gaspar, Bonera, Alvaro Gonsales, Marin (Chuka, 88), Rodri Ernandes, Trigeros, Raba (Mario Gonsales, 77), Fornals, Bakambu, Bakka (Soriano, 35).
Ogohlantirishlar: Raba (17), Trigeros (42), Bonera (42), Riko (45), Marin (50), El-Jar (90).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz