Узбек O'zbek
Video: Tebas ham tan oldi
Seshanba, 28 Noyabr
4396

La Ligi prezidenti Xaver Tebas chempionatning 13-turi doirasida «Valensiya» — «Barselona» (1:1) uchrashuvi vaqtida Lionel Messining toza goli hisobga olinmaganiga munosabat bildirdi. 

Birinchi bo‘lim vaqtida argentinalik futbolchi bergan zarba maydon egalari darvozasi chizig‘ini kesib o‘tgan, ammo o‘yinning bosh hakami Ignasio Vilyanueva va uning yordamchilari bu golni hisobga olishmagandi.

Tebas umid qilmoqdaki, videotakrorlar tizimi (VAR) orqali bunday xatolardan saqlanish mumkin, bunday tizimdan Primerada 2018/19 yilgi mavsumdan boshlab foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

«Bu golni butun Ispaniya va butun dunyo ko‘rdi. Agar men buni gol demasam, siz meni ko‘r bo‘lib qolgan deyishingiz mumkin. Umid qilamanki, keyingi mavsumda VAR orqali bunday muammolarga chek qo‘yamiz», — deya Tebasning so‘zlarini keltirgan Goal.

Qayd etish kerakki, Tebas «Barselona»ga qarshi chiqishlari va harakatlari orqali tanilgan, u Madridning «Real» klubi tarafdori sifatida ko‘riladi.

 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz