Узбек O'zbek
Valverde hakamlarning «Barsa»ga yon bosishini tan oldi
Dushanba, 27 Noyabr
5597

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde La Liga 13-turidan o‘rin olgan «Valensiya»ga (1:1) qarshi o‘yindan so‘ng, Messining toza golini hisobga olmagan bosh hakamdan norozi  bo‘ldi.

Biroq, avvalroq hakamlar kataloniyaliklar foydasiga xato qilganini ham tan oldi.

«Malaga» klubiga qarshi o‘yinda, to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketganidan so‘ng, gol urgan edik. Biz ba’zi vaziyatlarda takroriy videolavhalar kerak emas, deb hisoblaymiz. Ammo o‘yin paytida, to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tganligini aniqlash mushkul bo‘lib qoladi. Mana shunday holatlarda takroriy lavhalar kerak.

O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, u juda og‘ir o‘tdi. Raqib qarshi hujumlarda zo‘r o‘ynadi, o‘z maydonida esa kuchli edi. Buni bilardik, ammo ochko qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldik. Bu yaxshi o‘yin bo‘ldi» - deb Valverde so‘zlarini keltirmoqda Marca.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz