Узбек O'zbek
Messiga «ko‘z tegdi». U qatorasiga 6 o‘yinni golsiz tark etdi
Dushanba, 27 Noyabr
2693

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 13-turi doirasida «Valensiya»ga qarshi kechgan uchrashuvda maydonni golsiz tark etdi. Shu tariqa argentinalik futbolchining golsiz seriyasi 6 o‘yinga yetdi (barcha turnirlar hisobga olingan, 5tasi klubda, bittasi terma jamoada). Oxirgi marta Messi qatorasiga olti o‘yinda gol ura olmasligi 2010 yilda kuzatilgandi.

Qayd etish kerakki, «Valensiya»ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limda Messi toza gol urgan, ammo hakamlar bu golni hisobga olmagan.

Argentinalik futbolchi 13-turdan keyin Ispanich chempionati bombardirlari ro‘yxatida 12 gol bilan peshqadamlik qilishda davom etmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz