Узбек O'zbek
Ispaniya La-ligasining markaziy uchrashuvida bosh murabbiy ishtirok etmaydi
Juma, 24 Noyabr
4974

«Valensiya» bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral yaqin vaqtlarda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarda jamoasini boshqarib bora olmaydi. Bu haqda Football Espana nashri xabar tarqatdi.

Ispaniya futbol federatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasi uni «Espanol»ga qarshi uchrashuvda hakamga nisbatan e’tiroz bildirgani uchun ikki uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi. Marselino o‘sha o‘yinda keskin harakatlari uchun o‘yindan chetlatilgandi ham. «Valensiya»ning holat bo‘yicha yozgan apellyatsiyasi ham qondirilmadi.

Natijada Marselino chempionatning eng markaziy uchrashuvlaridan biri «Barselonы» va shuningdek «Xetafe»ga qarshi uchrashuvni ham tribunadan turib kuzatishga majbur.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz