Узбек O'zbek
O‘FF yangi logotip yaratishda Alisher Usmonovga tegishli kompaniya vakili bilan hamkorlik qiladi
Juma, 24 Noyabr
4831

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi «Digital Panda» kompaniyasi bilan hamkorlikda keng ko‘lamdagi aksiya o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi logotipini o‘zgartirish, shu bilan birga, kelasi yildan tashkil etiladigan Superliga va Pro-ligalar uchun ham yangi logotip yaratishga qaror qilgan.

«Agarda siz bu tarixning bir bo‘lagi bo‘lishni va futbolimiz rivojiga o‘z hissangizni qo‘shishni istasangiz, bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Shu yilning 1 dekabridan boshlanadigan tanlovda Siz o‘z variantlaringizni taqdim etib, qimmatbaho sovrinlar yutib olishingiz va albatta futbolimiz tarixiga kirishingiz mumkin. Xabarlarimizni kuzatib boring, futbolimiz rivojiga o‘z hissangizni qo‘shish Sizning qo‘lingizda!», deyiladi O‘FF bayonotida.

Hozircha tanlov qanday shartlar asosida o‘tkazilishi va unda qanday sovrinlar qo‘yilishi borasida hech qanday ma’lumot berilmagan. 

Ma’lumot uchun, «Digital Panda» kompaniyasi 2015 yildan beri O‘zbekistonda raqamli marketing sohasida ish olib bormoqda. 2017 yildan boshlab «Digital Panda» Alisher Usmonovga tegishli bo‘lgan «Mail.ru Group» kompaniyasining O‘zbekistondagi eksklyuziv vakili sifatida faoliyat yuritadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz