Узбек O'zbek
«Manchester Yunayted» qishda Perishichni qo‘lga kiritmoqchi
Payshanba, 23 Noyabr
1793

«Manchester Yunayted» klubi yanvar oyida «Inter»ning xorvatiyalik yarimhimoyachisi Ivan Perishichni qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘radi, deb xabar bermoqda Inside Futbol.

Ma’lumki, 28 yoshli futbolchi yozda «MYU» klubiga transfer qilinmagach, «Inter» bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan edi.

U Luchano Spalletti qo‘l ostida joriy mavsumni ham yaxshi boshladi va jamoasining yetakchilaridan biriga aylandi. A Seriyada uning hisobida 4ta gol va 5ta golli uzatma bor.

Endi «Manchester Yunayted» u bilan shartnoma imzolashga yana bir bor urinib ko‘rmoqchi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz