Узбек O'zbek
Shomurodov va «Rostov»da ishlar yaxshi emas
Yakshanba, 05 Noyabr
3939

Rossiya chempionatining 16-turida «Rostov» «Axmat» mehmoni bo‘lib, imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:1).

Natijada rostovliklarning Rossiya premerligasidagi g‘alabasiz o‘yinlari soni 10taga yetdi. Jamoa bu davrgacha o‘tkazgan olti uchrashuvning 4tasida g‘alaba qozongandi. 10 uchrashuvning 5tasi jamoa durang o‘ynagan bo‘lsa, 5 uchrashuvda imkoniyat boy berildi.

Jamoaning Rossiya chempionati uchrashuvlaridagi so‘nggi g‘alabasi 12 avgustga to‘g‘ri keladi. O‘shanda jamoa «Ufa» mehmoni bo‘lib yirik (4:1) hisobda zafar quchgandi. O‘sha uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan Eldor Shomurodov 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushirilgandi.

Hozirgacha Shomurodov hisobida RFPLda o‘tkazilgan 10ta uchrashuv bor. Biroq ularning atigi ikkitasida Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushirilgan bo‘lsa, qolgan o‘yinlarda asosan uchrashuvning so‘nggi qismida zaxiradan maydonga tushirilgan. Hozirgacha u Rossiya chempionatida hech qanday samarali statistik ko‘rsatkich qayd etmagan.

«Rostov» chempionatda hozirgi kunga kelib, 11-o‘rinni band etib turibdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz