Узбек O'zbek
Atayin ogohlantirish olgan Gretsiya futbolchisi FIFA tomonidan jazolandi
Shanba, 04 Noyabr
2104

«Roma» va Gretsiya terma jamoasi himoyachisi Kostas Manolas FIFA tomonidan bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va JCH-2018 saralashi pley-offidan o‘rin olgan Xorvatiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

AP xabariga ko‘ra, FIFA futbolchini atayin sariq karta olganlikda aybdor deb topdi.

Manolas JCH-2018 saralashidan o‘rin olgan Kiprga qarshi o‘yinda, vaqt cho‘zganligi uchun sariq karta bilan jazolanib, so‘nggi turdan o‘rin olgan Gibraltarga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgandi.

FIFA qaroriga ko‘ra, Manolas bu ogohlantirishni atayin olgan va pley-off o‘yinlarida sariq kartalardan tozalanib, maydonga tushishni ko‘zlagan.

Endi u 9 noyabrga mo‘ljallangan Xorvatiyaga qarshi pley-off bahsining dastlabki o‘yinini o‘tkazib yuboradi. 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz