Узбек O'zbek
Video: Eldor Shomurodov hal qiluvchi penaltida xato qildi
Payshanba, 26 Oktabr
6912

Rossiya Kubogining nimchorak finalida «Rostov» «Amkar»ga penaltilar seriyasida yutqazdi (asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda durang hisobi qayd etildi - 1:1). 

Penaltilar seriyasida avvaliga «Rostov» oldinda bordi, rostovliklar safida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov nuqtaga birinchi bo‘lib yaqinlashib, aniq harakat qilgandi. Ammo jamoa sardori Aleksandr Gatskan beshinchi zarbani golga aylantira olmagach, «Amkar» hisobni tenglashtirdi (3:3). Shundan so‘ng jamoaning qolgan futbolchilari, jumladan darvozabonlar ham zarba berishni boshladi. Rostovliklar posboni Sergey Pesyakov ham, «Amkar» darvozaboni Artur Nigmatullin ham aniq harakat qilishdi va yana durang – 9:9. Shundan so‘ng, ikkinchi doira boshladi, yana Eldor Shomurodov nuqtaga yaqinlashdi, ammo uning darvoza o‘rtasiga yo‘llagan zarbasini Nigmatullin qaytardi, Darko Bodul esa «Amkar»ga g‘alaba keltiruvchi golni urdi – 10:9.

Shu tariqa Perm jamoasi Rossiya Kubogining 1/4 finaliga yo‘l oldi va bu bosqichda FNL vakili «Avangard» bilan o‘ynaydigan bo‘ldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz