Узбек O'zbek
Vadim Abramov Babayan o‘rniga muxlislardan kechirim so‘radi
Seshanba, 03 Oktabr
8215

Farg‘onaning «Neftchi» klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov JCH-2018ga chiqish vazifasi barbod bo‘lgani uchun muxlislardan uzr so‘radi.

«Futbolchilarimiz va mutasaddilar muxlislar ishonchini oqlay olishmadi. Men tushunaman, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqa olmagani odamlarning umidini chippakka chiqardi. Boz ustiga u Rossiyada bo‘lib o‘tadi. Agar chiqqanimizda bu terma jamoamizni jahon chempionatida ko‘rish uchun duoda bo‘lgan o‘zbek futbol muxlislarimiz uchun ulkan bayram bo‘lardi. Yonginamizdagi Rossiyaga kelib, o‘z terma jamoasiga muxlislik qilish qanday mazza?!

Afsuski buni uddalay olmadik. Men barcha futbolchilar va mutaxassislar nomidan muxlislarimiz oldida uzr so‘rayman. Kelgusida ularning umid va ishonchlarini chippakka chiqarmaslik uchun qo‘limizdan kelgan barcha narsani qilamiz. Chunki futbolni ular uchun o‘ynaymiz. 

Ishoning, kelishilgan o‘yinlar va hokazolar futbolimizda juda kam. Muxlislarimizdan har xil gaplarga ishonmasliklarini so‘rar edim. Modomiki, shunday holatlar yuz berganida ham u ochiq-ravshan ko‘rinib turadi va barcha xabar topadi.

Shu sababli, men yana bir marta uzr so‘rab, kelgusida ularning ishonchini oqlash uchun harakat qilishimizni aytib o‘tmoqchiman. Hozir futbolimizga yangi rahbariyat keldi, menimcha, ular ham futbolimizni yuksaltirish uchun ma’lum sa’y-harakatlarni amalga oshirishadi. Muxlislarimiz ko‘proq quvonib, futboldan bahra olishlari uchun harakat qilamiz. Hali hammasi yaxshi bo‘ladi», deya gapirib o‘tdi Abramov «Oriat Dono» radiosining «Futbol plyus» dasturida.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz