Узбек O'zbek
«Inter» Perishich masalasini hal qildi
Shanba, 09 Sentabr
2092

«Inter» xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Perishich bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqida klub rasmiy saytida xabar berildi. 

Milanliklar klubi 28 yoshli futbolchi bilan 5 yilga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan. 

Ivan Perishich 2015 yilda Dortmundning «Borussiya» klubidan Milanga transfer qilingandi. O‘tgan ikki mavsumda u jamoa tarkibida 72 o‘yinda maydonga tushib, 19 gol muallifiga aylangan. 

Ushbu chap qanotda harakatlanadigan futbolchi bilan yozgi transferlar vaqtida «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jiddiy  qiziqib qolgandi va ingliz klubi bir necha bor uni sotib olishga harakat qilib ko‘rdi. Ammo tomonlar transfer narxi borasida kelisha olishmagandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz