Узбек O'zbek
APLning avgust oyidagi eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Shanba, 09 Sentabr
3900

Angliya premer-ligasining avgust oyidagi eng yaxshi murabbiy nomi e’lon qilindi. Bu haqda tashkilot rasmiy tvitteri xabar qoldirdi.

Unga ko‘ra, o‘tgan mavsumda chempionshipdan APLga yo‘llanma olgan «Haddersfild» klubi bosh murabbiyi David Vagner debyut oyidayoq raqiblarini ortda qoldirib avgust oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 

«Haddersfild» avgust oyida 3ta o‘yin o‘tkazib, 2ta g‘alaba va 1ta durangga erishdi. Jamoa 4ta gol urib o‘z darvozasidan birorta ham to‘p o‘tkazib yubormadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz