Узбек O'zbek
Babayan matbuot anjumanidan qochdi, terma jamoa futbolchilari esa mikst-zonadan
Chorshanba, 06 Sentabr
17570

JCH-2018 III saralash bosqichining so‘nggi turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvi (0:0) dan so‘ng, terma jamoamiz guruhda 4-o‘rinni egallab, jahon chempionatiga chiqishdan mahrum bo‘lganidan xabaringiz bor.

O‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumaniga kelgan bosh murabbiy Samvel Babayan qisqacha chiqish qilib, jurnalistlarning savollariga javob bermasdan qochib ketgani haqida avvalroq xabar berib o‘tgan edik.

Futbolchilardan intervyu olamiz degan niyatda to‘plangan 20 ga yaqin mahalliy jurnalistlar mikst-zonada futbolchilarni yechinish xonasidan chiqishlarini 1 soatga yaqin vaqt mobaynida poylab turishgan. FIFA o‘rnatgan rasmiy qonun-qoidalarga ko‘ra, futbolchilar rasmiy o‘yindan so‘ng mikst-zonada jurnalistlar oldidan o‘tishlari shart, aks holda mamlakat Futbol federatsiyasiga nisbatan moliyaviy sanksiya qo‘llaniladi.

Ushbu qoidalar ochiqdan ochiq inkor etgan futbolchilarimiz, yashirin yo‘laklardan o‘tib avtobusga minayotganini suratga olayotgan KUN.UZ muxbiriga O‘FF matbuot xizmati boshlig‘i Sanjar Rizayev ishlashda monelik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz