Узбек O'zbek
Babayandan «Barselona»gacha. Xayrullo Hamidov «7 KUN» loyihasida
Seshanba, 05 Sentabr
34777

Bugun KUN.UZ tahririyati tomonidan suratga olingan «7 KUN» haftalik tahliliy ko‘rsatuvning ikkinchi qismi e’tiboringizga havola etilgan edi.

Endi yana bir yangilik! KUN.UZ ijodkorlari tomonidan Tribuna.Uz sayti bilan bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan «7 KUN» ko‘rsatuvining futbolga bag‘ishlangan maxsus sonini ham hukmingizga taqdim etamiz.

Ko‘rsatuvning to‘liq futbolga bag‘ishlangan maxsus sonini jurnalistlar Xayrulla Hamidov va Xurshid Daliyev olib borishgan.

Ko‘rsatuv davomida milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan portretiga chizgilar, milliy terma jamoamizning jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlari, muhim o‘yin oldidan ijobiy va salbiy qirralarimiz tahlil etilgan.

Shuningdek, Yevropada yakunlangan transfer mavsumi yakunlari birma bir tahlil etib chiqilgan. «Barselona»ning transfer bozoridagi no‘noqligi, «PSJ» klubining shov-shuvli transferlari va Angliya premer-ligasi jamoalaridagi mavsum oralig‘idagi o‘zgarishlar jurnalistlarimizning e’tiboridan chetda qolmagan.

Marhamat, «7 KUN»ning futbolga bag‘ishlangan maxsus sonini Youtube videoportalidagi kanalimizda tomosha qiling:

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz