Узбек O'zbek
Babayan Rashidov va boshqa futbolchilar qasddan zaharlanganini gumon qildi
Seshanba, 05 Sentabr
11695

2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCH saralash bosqichining Osiyo mintaqasida ishtirok etadigan O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari uchrashuvi oldidan mezbonlar ustozi Samvel Babayan va Jaloliddin Masharipov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Sardor Rashidovning zaharlangani haqida xabar tarqaldi. Bu qanchalik haqiqat? Umuman bu taomnomani belgilab beradigan oshpazlarning o‘z ishini bilmasligidan dalolat beradimi? 

— Ochig‘i bu juda murakkab savol. Uning kelib chiqish sababiga ham chuqur kirishimiz kerak bo‘lardi. Masalan, zaharlangan futbolchilar faqat bir kishi emasdi. Besh nafar futbolchi zaharlandi. Jumladan Odil Ahmedov ham. Ammo kimdir murakkabroq kimdir yengilroq zaharlandi. Bu katta masala. Ochig‘i bu masalaga chuqurroq kirib borishga harakat qildik. Lekin bu biroz murakkabroq savol bo‘lgani uchun to‘xtab qoldi. Aynan nima sababdan bunday bo‘lganini bilmaymiz. Uyushtirilganmi? Balki, lekin bunga aniq isbotimiz yo‘q.

Sardor Rashidov taomdan zaharlanish tufayli Xitoyga qarshi o‘ynay olmaydigan bo‘ldi

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz