Узбек O'zbek
Babayan Sergeyev va Krimetsni nega tarkibga jalb etaverishini tushuntirib berdi
Dushanba, 04 Sentabr
16458

2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCH saralash bosqichining Osiyo mintaqasida ishtirok etadigan O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari uchrashuvi oldidan mezbonlar ustozi Samvel Babayan va Jaloliddin Masharipov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Ertaga biz uchun, muxlislar va mamlakat uchun juda muhim uchrashuv bo‘ladi. Ertaga har bir kvadrat metr uchun kurash olib boramiz. G‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishlarni amalga oshiramiz va maqsadga yetamiz degan umiddaman.

Jalolliddin Masharipov: O‘zbekiston uchun ertangi o‘yin finalga teng. Shu final uchrashuvida g‘alaba qozonib, o‘zimiz uchun kerakli bo‘lgan natijaga erishamiz degan umiddaman.

— Xitoyga qarshi uchrashuvdan keyin futbolchilarga nima dedingiz?

— Bunday vaziyatlarda tayinli bir so‘z topish aytish qiyin. Shu kuni mag‘lubiyatga munosib emasdik. Bundan tashqari, uchrashuvdagi hakamlardan ham qoniqmadik. Ular o‘yin natijasiga ta’sir qiladigan bir qator qarorlarni qabul qilishdi. Bilmadim, bu ularning darajasiga bog‘liqmi yo‘qmi... Endi nima bo‘lgan taqdirda ham so‘nggi turda g‘alaba qozonib, maqsadimizga erishishni istaymiz.

— Savol Masharipovga. Futbolchilarga muhim uchrashuv oldidan kayfiyatni ko‘tarib olish uchun nimadir deb gaplashib oldinglarmi?

Jaloliddin Masharipov: — Yigitlar bilan yig‘ilib gaplashib oldik. Xitoyga qarshi o‘yinni unutib yangi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim edi. Barcha futbolchilar ham bu o‘yinning qanchalik muhimligini, finalga teng ekanini yaxshi tushunib turishibdi. So‘nggi imkoniyatimizdan unumli foydalanib maqsadga erishmoqchimiz va buning uchun borimizni beramiz.

— Temurxo‘ja Abduxoliqov qaysi jihatlari bilan Sergeyevdan kuchsizroq?
Babayan: — Hech qaysi jihatdan kuchsiz emas.

— So‘nggi to‘rt uchrashuvda faqat so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborgan holda yutqazmoqdamiz. Bunga nima sabab deb o‘ylaysiz?
— Ba’zi o‘yinlarda konsentratsiyaning yetishmay qolishi natijasida shunday bo‘ldi. Masalan, Malayziyada Suriyaga qarshi uchrashuvda penalti belgilanguniga qadar, bizning futbolchiga nisbatan o‘yin qoidasi buzilgandi. Bu yaqqol ko‘zga tashlangan bo‘lsada, hakam 11 metrlik nuqtani ko‘rsatgandi. Kechagi o‘yinda esa penalti umuman yo‘q edi. Eron bilan uchrashuvda so‘nggi daqiqalarda konsentratsiyani yo‘qotib qo‘ygandik.

— Asosiy tarkibga hujumchi tanlab olishda qanday kriteriyalarga asoslanasiz. Siz uchun gol uradigan hujumchi muhimmi yoki doim himoya qayt desa, qaytib orqa chiziqqa yordam berib gol ura olmaydigan hujumchimi?
— Zamonaviy futbolda hujumchi ham gol urishi va orqa chiziqqa ko‘mak berishi kerak bo‘ladi. Shu boisdan ham bizga ikkala talabga javob beradigan futbolchilar kerak bo‘ladi. Igor Sergeyev va Temurxo‘ja Abduxoliqov keladigan bo‘lsak, u hali birorta ham rasmiy uchrashuvda maydonga tushgani yo‘q. Sergeyev esa to‘rtta uchrashuv o‘tkazishga ulgurdi.

— Unda Yegor Krimetschi? Unda ham o‘yin amaliyoti yo‘qku?
— U Xitoy chempionatining o‘rinbosarlar o‘rtasidagi musobaqasida to‘p surmoqda. Bu turnir ham juda nufuzli sanaladi. U yerda narxi 10 million dollar bo‘lgan futbolchilar to‘p surishadi. O‘sha yerda Krimets orttirayotgan tajriba va o‘yin amaliyoti bizni to‘liq qanoatlantirmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz