Узбек O'zbek
Artyom Dzyuba Turkiyaga yo‘l olishi mumkin
Seshanba, 22 Avgust
1770

«Zenit» va Rossiya terma jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba piterliklar safidagi kelajagi borasida gapirib o‘tdi.

«Mening transferim? Hozircha sir ammo yangilik albatta bo‘ladi. Hozir Moskvada emas, Peterburgdaman, barcha yaqinlarim tug‘ilgan kunim bilan tabriklashgani kelishgan», — degan Dzyuba «Sport FM»ga bergan intervyusida.

Turkiyaning Fotospor.com nashri Sport-1 kanaliga tayanib xabar berishicha, futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun Istanbulning «Fenerbahche» klubi harakat qilmoqda.

Turk klubi 29 yoshga to‘lga rossiyalik futbolchini sotib olish uchun muzokaralarni boshlab yuborgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz