Узбек O'zbek
Babayan Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi
Payshanba, 17 Avgust
10354

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi doirasidagi so‘nggi ikki o‘yin –Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 20 avgust kunidan boshlab Toshkentda yig‘in o‘tkazadi. Yig‘in doirasida terma jamoa 25 avgust kuni Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bosh murabbiy Samvel Babayan bo‘lajak uch o‘yin uchun 27 futbolchini jalb qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv” Toshkent), Nikita Ribkin (“Qo‘qon-1912”);

Himoyachilar: Farrux Sayfiyev (“Nasaf”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva, Rossiya), Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatay”, Xitoy), Sherzod A’zamov (“Paxtakor”), Yegor Krimets (“Beyjing Goan”, Xitoy), Akmal Shorahmedov (“Nasaf”), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv” Toshkent), Davron Hoshimov (“Paxtakor”);

Yarim himoyachilar: Server Jeparov (“Istiqlol” Tehron, Eron), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv” Toshkent), Sardor Mirzayev (“Lokomotiv” Toshkent), Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya), Aziz G‘aniyev (“Nasaf”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy), Fozil Musayev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Aziz Haydarov (“Ajman”, BAA), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Sardor Rashidov (“Al-Jazira”, BAA), Marat Bikmayev (“Lokomotiv” Toshkent).

Hujumchilar: Temurxo‘ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar), Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog‘iston).

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 31 avgust kuni safarda Xitoyga qarshi bahs olib borsa, 5 sentyabr kuni Toshkentda Janubiy Koreya termasiga ro‘baro‘ keladi. 

Ushbu ikki o‘yinda milliy terma jamoa g‘alaba qozonsa Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCH-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz