Узбек O'zbek
Turkiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Payshanba, 03 Avgust
2471

Rossiyaning «Zenit» va Ukrainaning «Shaxtyor» klublari sobiq bosh murabbiyi Mircha Luchesku Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, turkiyaliklar rumin mutaxassisi bilan «2+1» ko‘rinishidagi shartnomaga imzo chekkan.

Oldingi bosh murabbiy Fotih Terim 4 yillik faoliyatidan so‘ng o‘tgan haftada iste’foga chiqarilgandi.

72 yoshli Luchesku may oyida «Zenit»ni tark etgandi. Uning boshchiligida piterliklar Rossiya chempionatida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz